2025-yil 20-iyuldan boshlab O‘zbekistonda shaxsiy foydalanish uchun biologik faol qo‘shimchalarni (BFQ) olib kirishning yangi qoidalari kuchga kiradi.
Xabar qilinishicha, mamlakatda Vazirlar Mahkamasining ayrim turdagi tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tish qoidalarini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi 19-apreldagi qaroriga muvofiq tamaki va parfyumeriya mahsulotlarini bojsiz olib kirish limitlari ham qayta ko‘rib chiqiladi.
«1-maydan boshlab O‘zbekistonda jismoniy shaxslar tomonidan bojsiz olib kirish qoidalari kuchaytiriladi: aeroportlar orqali bojsiz olib kirish limiti 1000 dollargacha (hozir 2000 dollar), temir yo‘l transporti orqali esa 500 dollargacha (1000 dollar o‘rniga) kamaytiriladi. Kuryerlik jo‘natmalari uchun limit chorakiga 1000 dollardan oyiga 200 dollargacha qisqartiriladi. Bundan tashqari, bojsiz olib kirish huquqiga ega bo‘lish uchun chet elda bo‘lishning minimal muddatlari joriy etiladi», — deyiladi xabarda.
