Ko‘pchilik foydali mahsulot tanlayotganda faqat uning ichidagi moddaga e’tibor beradi. Ammo o‘sha moddani o‘rab turgan kapsula tarkibi ham juda muhim. Bu maqolada TIBOMED / TIBOVIT mahsulotlari qobig‘i haqidagi eng ko‘p beriladigan savollarga javob beramiz.
Nega ikki xil kapsula ishlatiladi?
Bu mahsulot tarkibining xususiyatiga bog‘liq. Kukun shaklidagi mahsulotlarda (masalan, Myo-Inositol) o‘simlik asosidagi kapsulalar, suyuq va yog‘li mahsulotlarda esa yumshoq softgel kapsulalar qo‘llaniladi.
O‘simlik asosidagi kapsulalarning farqi nimada?
Ular o‘simlik manbasidan olingan sellyuloza asosida tayyorlanadi va tarkibida hayvon manbasidan olingan jelatin bo‘lmaydi. Bunday kapsulalar oshqozonda yengil eriydi va odatda organizm tomonidan yaxshi qabul qilinadi. Ichi kukunli shaffof kapsulalarimiz aynan shunday o‘simlik asosidagi qobiqqa ega.
Yumshoq softgel kapsulalardagi jelatin-chi?
Biz bu masalada ham ochiqlik tarafdorimiz. Softgel kapsulalarimiz qobig‘ida ishlatiladigan jelatin va glitserin xomashyolari OIC/SMIIC Halol standarti bo‘yicha sertifikatlangan.
Biz uchun mahsulotning nafaqat ichi, balki uni o‘rab turgan kapsula qobig‘i ham muhim. Shuning uchun xomashyo tanlovidan tortib tayyor mahsulotgacha sifat va halollikka alohida e’tibor qaratamiz.
Soxta mahsulotlardan saqlanish uchun mahsulotlarimizni faqat rasmiy savdo nuqtalaridan xarid qiling.
